SALAF VA XALAF ULAMOLAR IMOM ASH’ARIY VA IMOM MOTURIDIY BILAN YAKDIL

SALAF VA XALAF ULAMOLAR IMOM ASH’ARIY VA IMOM MOTURIDIY BILAN YAKDIL

2-qism

36. Shayx Husayn ibn Muhammad Domag’oniy Hanafiy rahmatullohi alayhi (478-hijriy sanada vafot etganlar) «istivo» oyatida haqida aytganlarki:

الاستواء بمعنى القهر والقدرة

Istivo – hukmronlik va qudrat ma’nosidadir («Islohul-vujuh», Domag’oniy).

 

37. Ikki Haram imomi Abul Maoliy Abdulmalik ibn Abdulloh Juvayniy Shofeiy rahmatullohi alayhi (478-hijriy sanada vafot etganlar) «Al-irshod» kitobida aytadilar:

إذ العرب تقول استوى فلان على الممالك إذا احتوى على مقاليد الملك واستولى على الرقاب  وفائدة تخضيض العرش بالذكر أنه أعظم المخلوقات في ظن البرية

Agar arablar falon kishi mamluklarga istivo qildi desa, mulkning kalitlarini qo’lga kiritdi va unga ega bo’ldi degani bo’ladi. Arshni zikr qilib xoslashning foidasi shuki U insonlarning fikrida xaloyiqning eng ulug’idir.

 

38. Imom Mutavalliy Abdurrahmon ibn Muhammad Shofeiy rahmatullohi alayhi (478-hijriy sanada vafot etganlar) «Al-g’unya» kitobida shunday deganlar:

فإن قيل الاستواء إذا كان بمعنى القهر والغلبة فيقتضي منازعة سابقة وذلك محال في وصفه  قلنا والاستواء بمعنى الاستقرار يقتضي سبق الاضطراب والاعوجاج وذلك محال

Agar istivo hukmronlik va g’alaba ma’nosida bo’lsa, o’tmishda jang qilganini taqozo qiladi, bu esa Allohni sifatlashda mahol-ku deyishsa, qaror topish ma’nosidagi istivo o’tmishda iztirob va qiyshayish o’tganini taqozo qiladi, bu esa maholdir deymiz.

 

39. Hujjatul Islom imom Abu Homid G’azzoliy rahmatullohi alayhi (505-hijriy sanada vafot etganlar) «Qova’idul aqoid» nomli asarlarida shunday yozganlar:

و انه لا يحده المقدار و لا تحويه الاقطار و لا تحيط به الجهات و لا تكتنفه الارضون و لا السموات

Miqdorlar Uni chеgaralay olmaydi, chеgaralar Uni o’z ichiga ololmaydi, taraflar Uni ihota qila olmaydi, yеrlar ham, osmonlar ham Uni qamrab ololmaydi.

 

40. Alloma Abul Mu’iyn Maymun ibn Muhammad Nasafiy Hanafiy rahmatullohi alayhi (508-hijriy sanada vafot etganlar) o’zlarining «Tabsiratul-adilla» kitobida shunday deganlar:

الاستواء في معنى الاستيلاء فعلى ذلك يحتمل أن يكون المراد منه استولى على العرش الذي هو أعظم المخلوقات وتخصيصه بالذكر كان تشريفا له

Istivo egallash ma’nosidadir. Shunga binoan, istivo oyatidan Rahmon maxluqotlarning eng buyugi bo’lgan Arshni egalladi, degan ma’no iroda qilingan bo’lishi ehtimol qilinadi. Arshni zikr qilib xoslash esa uni ulug’lash uchun bo’lgan.

 

41. Imom Abu Nasr Abdurrahim ibn Abdulkarim ibn Havozin Qushayriy rahmatullohi alayhi (514-hijriy sanada vafot etganlar) «At-tazkiratush sharqiyya»da aytadilarki:

فإن قيل أليس الله يقول: الرحمن على العرش استوى (سورة طه - 5) فيجب الأخذ بظاهره قلنا: الله يقول أيضا: وهو معكم أين ما كنتم (سورة الحديد – 4) ويقول: ألآ إنه بكل شيئ محيط (سورة فصلت – 54) فينبغي أيضا أن نأخذ بظاهر هذه الآيات حتى يكون على العرش وعندنا ومعنا ومحيطا بالعلم محدقا به بالذات في حالة واحدة والواحد يستحيل أن يكون بذاته في حالة واحدة بكل مكان.  قالو: قوله تعالى: وهو معكم – يعني بالعلم  و: بكل شيئ محيط – إحاطة العلم  قلنا: وقوله تعالى: على العرش استوى – قهر وحفظ وأبقى

Agar: Alloh taolo «Rahmon Arshga istivo qildi» («Toho» surasi, 5-oyat) degan emasmi, demak oyatning zohirini olish vojib bo’ladi deyishsa, biz: Alloh taolo yana: «U qayerda bo’lsangiz ham siz bilan birgadir» («Hadid» surasi, 4-oyat) va: «Albatta, U zot har bir narsani ihota qilguvchidir» («Fussilat» surasi, 54-oyat) degan, demak ushbu oyatlarning ham zohirini olishimiz, natijada esa Alloh bir holatning o’zida Arshning ustida, bizning huzurimizda, biz bilan birga, ilm bilan ihota qilgan holda, Zotan qamrab olgan bo’lishi bar lozim bo’ladi, bir zotning hamma yerda bir holatda zotan bo’lishi esa aqlga to’g’ri kelmaydi deymiz. «U sizlar bilan birgadir» degani ilm jihatdan, «barcha narsani ihota qiluvchidir» degani bilishni ihota qilish degani deyishsa, Alloh taoloning «Arshga istivo qildi» degan so’zi ham hukmron bo’ldi, saqladi va boqiy qoldi deganidir deymiz.

 

42. Ibn Rushd nomi bilan mashhur alloma shayx Abul Valiyd Muhammad ibn Ahmad Qoziy Molikiy rahmatullohi alayhi (520-hijriy sanada vafot etganlar) aytadilar:

والاستواء معناه استولى وقيل القهر وغلبة

Istivoning ma’nosi egalladi degani. Hukmronlik va g’alaba ma’nosida degan gaplar ham bor (Ibn Hoj molikiy «Al-mudxal»da keltirgan).

 

43. Alloma va faqih Abu Sano Mahmud ibn Zayd Lomishiy Hanafiy rahmatullohi alayhi (522-hijriy sanada vafot etganlar) «istivo» oyati haqida shunday deganlar:

فيحمل على الاستيلاء دفعا للتناقض وإنما خص العرش بالذكر تعظيما له كما خصه بالذكر في قوله تعالى: وهو رب العرش العظيم (سورة التوبة – 129) وإن كان هو رب كل شيء

 Xabarlarning bir-biriga zid bo’lib qolishidan saqlanish uchun ham ushbu so’zga egallash ma’nosi beriladi. Alloh taolo barcha narsalarning Robbi bo’lgani holda O’z kalomida «U ulug’ Arshning Robbidir» deb Arshni alohida zikr qilib xoslagani kabi, bu oyatda ham Arshni ulug’lash uchun alohida zikr qilib xoslagan («Al-bayon fiy sharhi sifotir-Rahmon», Abul Qosim Hindiy).

 

44. Mavlono Abul Qosim Ismoil ibn Muhammad Asbahoniy rahmatullohi alayhi (535-hijriy sanada vafot etganlar) «Al-mufradot»da shunday yozadilar:

متى عدى الاستواء ب"على" اقتضى معنى الاستيلاء

Har qachon istivo lafzi «alaa» qo’shimchasi bilan kelsa, egalladi degan ma’noni taqozo qiladi.

 

45. Imom Abu Hafs Umar Nasafiy rahmatullohi alayhi (537-hijriy sanada vafot etganlar) «Aqoid» kitobida aytganlar:

ولا يتمكن في مكان ولا يجري عليه زمان

Alloh biror makonga joylashmagan, Unga zamon joriy bo’lmaydi.

 

46. Qozi Iyoz ibn Muso ibn Iyoz Yahsabiy Molikiy rahmatullohi alayhi (544-hijriy sanada vafot etganlar) «Mashoriqul-anvor alaa sihohil-osor» kitobida «istivo» oyati haqida shunday deganlar:

هو إظهار لآياته لا مكان لذاته

U Allohning zotining makonini emas, balki U zotning mo’jizalarini izhor qilishdir.

Yana aytganlarki:

لا خلاف بين المسلمين قاطبة فقيههم ومحدثهم ومتكلمهم ونظارهم ومقلدهم أن الظواهر الواردة بذكر الله تعالى في السماء كقوله تعالى: «أأمنتم من في السماء أن يخسف بكم الأرض» ونحوه ليست على ظاهرها بل متأولة عند جميعهم

Musulmonlarning faqihlarining, muhaddislarining, mutakallimlarining, kuzatuvchilari-yu taqlidchilarining birortasining o’rtasida ixtilof yo’qki, «Osmondagi Zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan omonda bo'ldingizmi?!» va shunga o’xshash, Alloh taoloning osmonda ekanining zikri kelgan zohiriy xabarlar zohiriy ma’nosida emas, balki barchaning nazdida (ushbu xabarlar) izohlab tushuntirilgan (Muhammad Yosir ibn Azizurrahmon Hanafiyning «Tahzibul-arvahin nafsiyya» kitobida keltirilgan).

 

47. Alloma Sirojiddin Aliy ibn Usmon O’shiy Farg’oniy rahmatullohi alayhi (569-hijriy sanada vafot etganlar) «Bad’ul amoliy» nomli manzumalarida shunday deganlar:

نسمى الله شيئا لا كالأشياء

وذاتا عن جهات الست خالي

Allohni boshqa narsalardek bo’lmagan shay, olti tarafdan xoli bo’lgan Zot deb nomlaymiz...

Va yana deganlarki:

ورب العرش فوق العرش لاكن

بلا وصف التمكن و التصال

Arshning Robbi arshdan ustundir, biroq makon tutish, o’rnashish sifati yo’q.

 

48. Shayx Nuriddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abu Bakr Sobuniy rahmatullohi alayhi (580-hijriy sanada vafot etganlar) «Al-bidoya minal-kifoya» kitobida aytadilar:

الرحمن على العرش استوى (سورة طه – 5) أي: استولى وقهر

«Rahmon Arshga istivo qildi» – ya’ni egalladi va hukmron bo’ldi.

           

49. Burhonul-Islom imom Burhoniddin Zarnujiy rahmatullohi alayhi (591-hijriy sanada vafot etganlar) aytgan quyidagi gap Hishom Misriyning «Idrokul-ahvol ‘ala arjahil-aqvol» kitobida naql qilib keltirilgan:

وقد ورد في الآية «استوى» فيجب علينا أن نؤمن به كما نزل ولا يجوز التأويل هذا مذهب السلف وعلى مذهب الخلف يجوز أن يقال استولى وغيرذلك لا يجوز

Haqiqatan, oyatda «istivo qildi» degan so’z keldi. Bizning unga xuddi nozil bo’lganidek iymon keltirishimiz vojib bo’ladi, uni ta’vil qilish joiz emas. Bu oldingi ulamolarning yo’lidir. Keyingi ulamolarning so’zlariga ko’ra esa «egalladi» deb aytish joiz bo’ladi. Undan boshqasi joiz emas.

 

50. Muhaddis va mufassir alloma Abdurrahmon ibn Javziy Hanbaliy rahmatullohi alayhi (597-hijriy sanada vafot etganlar) «Daf’u shibhit-tashbeh» kitobida shunday deganlar:

معنى الاستواء الاستيلاء دفعا لشبه التشبيه

Tashbehga o’xshab qolishdan saqlanish uchun, istivoning ma’nosi egallashdir deyiladi.

 

51. Imom Abu Abdulloh Faxriddin Muhammad ibn Umar ibn Husayn Roziy rahmatullohi alayhi (606-hijriy sanada vafot etganlar.) «Tafsirul kabir» yoki «Mafotihul-g’ayb» nomli tafsirlarida quyidagi oyatni shunday tafsir qilganlar:

وهو العلي العظيم (سورة البقرة – 255) – لا يجوز أن يكون المراد منه العلو بالجهة والمكان

U - oliy va buyukdir (Baqara surasi, 255-oyat).

U zotning Aliy ekanidan, taraf va makon jihatidan balanddaligi iroda qilingan bo’lishi joiz emas.

 

52. Qozi Ismoil ibn Ibrohim Shayboniy rahmatullohi alayhi (629-hijriy sanada vafot etganlar) o’zlarining «Al-bayon e’tiqodu ahlis-sunnati val-jamoa» kitobida aytadilar:

ومن أول حمل الاستواء على الاستيلاء

Istivoga eng avvalo, egalladi degan ma’no beriladi.

 

53. Shayx Sayfiddin Omadiy Hanbaliy Shofeiy rahmatullohi alayhi (631-hijriy sanada vafot etganlar) «Abkorul-afkor» kitobida yozadilar:

أن تفسير الاستواء بالاستيلاء من أحسن التأويلات وأقربها

Istivoni egallash deb tafsir qilish ta’villarning eng go’zali va eng yaqinidir.

 

54. Mulla Sirojiddin Javohirbek ibn Sulaymon Murshid rahmatullohi alayhi (634-hijriy sanada vafot etganlar) quyidagicha yozganlar:

فالله موجود قبل الزمان والمكان وهو خالق الزمان والمكان ولا يحتاج إلي الزمان والمكان فهو مستو على العرش بلا كيف وما له من مكان ولا يجري عليه زمان ولا يقال متى كان وكيف وأين ولا يقال في كل مكان بل يقال الله موجود بلا كيف ولا مكان ولا زمان

Alloh taolo zamon va makondan oldin ham mavjud edi. U zot zamonni ham, makonni ham yaratgan. U zot zamonga ham, makonga ham muhtoj bo’lmaydi. U zot «qanday»siz Arshga istivo qilgan. U zot makonsizdir. U zotga zamon ham joriy bo’lmaydi. U zot qachon, qanday, qayerda bo’lgan deyilmaydi. Va hamma yerda deb ham aytilmaydi. Balki, Alloh «qanday»siz, makonsiz, zamonsiz mavjuddir deb aytiladi («Tavhidu Mavlono» kitobidan).

 

55. Faqih va nahv olimi Abu Amr Usmon ibn Umar ibn Hojib Molikiy rahmatullohi alayhi (646-hijriy sanada vafot etganlar) «Amoliy»da aytadilar:

فإنما أتى ب"على" لما في الاستواء من معنى الاستيلاء  ألا ترى إلى قوله تعالى: ثم استوى على العرش (سورة الفرقان – 59) وقول الشاعر: قد استوى بشر على العراق  يريد بذلك علو القهر

Istivo haqidagi gapda «alaa» bilan kelsa, egallash ma’nosida bo’ladi. Alloh taoloning «So’ngra Arshga istivo qildi» degan oyatiga hamda shoirning «darhaqiqat, Bishr Iroqqa istivo qildi» degan so’ziga qarang, bu bilan hukmronlikning yuksakligini iroda qiladi.

 

56. Shayxul-Islom Muftiy Abu Muhammad Izzuddin Abdulaziz ibn Abdussalom Sulamiy Shofeiy rahmatullohi alayhi (660-hijriy sanada vafot etganlar) o’zlarining «Al-ishora ilal-iyjoz» kitobida aytadilar:

استواؤه على العرش وهو مجاز عن الاستيلاء على ملكه وتدبيره إياه

Alloh taoloning Arshga istivo qilishi U zotning Arshga podshoh ekani va uni faqat O’zi tadbir qilishiga binoan, egallash degan ma’nodan majozdir.

 

57. Mufassir allomalardan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad Qurtubiy Andalusiy rahmatullohi alayhi (671-hijriy sanada vafot etganlar) «istivo» oyatining tafsirida aytadilar:

إذا وجب تنزيه الباري سبحانه عن الجهة والتحيز فليس بجهة فوق عند العلماء المتقدمين والمتأخرين لأنه متى اختص بجهة يلزم أن يكون في مكان أو حيز و يلزم المكان والحيز: الحركة والسكون للمتحيز والتغير والحدوث

Mutaqaddim va mutaaxxir ulamolar nazdida, modomiki Boriy sunhanahuni taraf va chegaralanishdan pok deb bilish vojib ekan, demak (istivoning ma’nosi) yuqori taraf emas. Chunki U zot taraf bilan xoslansa, biror makon yoki chegaraning ichida bo’lishi lozim bo’lib qoladi. Biror makon yoki chegaraning ustida bo’lish esa chegaralanayotgan zotga harakat, to’xtash, o’zgarish va yangi paydo bo’lganlikni lozim qiladi.

 

58. Tasavvuf ahllaridan Jaloliddin Rumiy nomi bilan mashhur mavlono Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn Bahouddin Balxiy rahmatullohi alayhi (672-hijriy sanada vafot etganlar) shunday deganlar:

هيهات لا تشبهون الله الخلائق          فاستوى على العرش به لائقا

Hayhot! Allohni xaloyiqqa o’xshatmang!

U O’ziga loiq holda Arshga istivo qilgan.

(«Al-bayon fiy sharhi sifotir-Rahmon», Abul Qosim Hindiy)

 

59. Muhaddislardan alloma Abu Zakariyyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy rahmatullohi alayhi (676-hijriy sanada vafot etganlar) aytadilar:

أن الله تقدس وتعالى قد استوى على العرش في الحقيقة ولكن لا ينبغي في ذلك استوى بذاته على العرش بل هو استوى على عرشه بما يليق به بلا تمكن ولا التصال ولا استقرار

Alloh taqaddasa va taolo haqiqatdan ham Arshga istivo qilgan. Lekin bundan U O’z zoti bilan Arshga istivo qilgani kelib chiqmaydi. Balki U zot O’z Arshiga O’ziga loiq bo’lgan holda, makon tutmasdan, o’rnashmasdan va qaror topmasdan istivo qilgan (Shayx Fuzayl «Javohirul-kalom»da keltirgan).

 

60. Ulug’ mufassir va faqih imom Abdulloh ibn Umar Qoziy Bayzoviy Hanafiy rahmatullohi alayhi (691-hijriy sanada vafot etganlar) «joriya hadisi»dagi «في السماء» haqida shunday deganlar:

لم يرد به السؤال في مكانه فإنه منزه عنه والرسول أعلى من أن يسأل ذلك بل أراد أن يتعرف أنها مشركة أو موحدة لأن كفار العرب لكل قرم منهم صنم مخصوص يعبدونه ولعل سفهاءهم كانو لا يعرفون معبودا غيره فأراد أن يعرف أنها ما تعبد؟ فلما قالت: في السماء, وفي رواية: أشارت إلى السماء فهم منها أنها موحدة تريد بذلك نفي الآلهة الأرضية التي هي الأصنام لا إثبات السماء مكانا له تعالى

Hadisda Allohning makoni haqida so’rash iroda qilinmagan. Alloh makondan pokligi shubhasiz. Payg’ambar ham bunday savol berishdan oliydir. Balki u zot joriyaning mushrika yo muvahhida ekanini bilishni istaganlar. Chunki arab kofirlarining har bir qavmga tegishli, ibodat qiladigan maxsus sanami bo’lgan. Koshki, ularning nodonlari boshqa ma’budni bilishmagan bo’lsa! Shu boisdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam joriyaning nimaga ibodat qilishini bilishni istadilar. Joriya: «Osmonda!» - deb aytgach, boshqa rivoyatga ko’ra, u osmonga ishora qilgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning muvahhida ekanini, ushbu so’zi bilan esa, Alloh taologa osmonni makon deya isbot qilishni emas, sanamlardan iborat yerdagi olihalarni inkor etishni xohlaganini tushundilar (shayx Zakariyyo Kandehlaviy «Avjazil-masolik»da keltirgan).

 

61. Imom Abul-Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy rahmatullohi alayhi (710-hijriy sanada vafot etganlar) «Al-umda» nomi bilan mashhur «Al-e’timod fil-e’tiqod» kitobida shunday deganlar:

أن التعري عن المكان ثابت في الأزل لعدم قدم المكان إذ هو غير متمكن وقد بينا أن ما سوى الله تعالى حادث فلو تمكن بعد خلق المكان لتغير عما كان عليه ولحدثت فيه مماسة لاستحالة قيام مماسة به قبل حدوث المكان والتغيير وقبول الحوادث من أمارات الحدوث وذا يستحيل على القديم والنص محتمل إذ الاستواء يذكر للتمام قال الله تعالى: «ولما بلغ أشده واستوى» والاستيلاء كما يقال استوى فلان على بلد كذا

Alloh taoloning makondan xoliligi makon qadim bo’lmagani uchun ham azaldan sobitdir. U zot makon tutuvchi emas. Yuqorida biz Alloh taolodan boshqa barcha narsalarning hodis (keyin paydo bo’lgan) ekanini bayon qilgan edik. Agar Alloh makonni yaratganidan so’ng makonga joylashgan bo’lsa, O’z holatidan o’zgargan bo’ladi, makonning paydo bo’lishidan oldin Allohga tutashib turuvchi narsa bo’lmagani bois, tutatish turish U zotda yangidan paydo bo’lgan bo’lib qoladi. O’zgarish va yangiliklarni qabul qilish yangi paydo bo’lgan narsalarning belgilaridir, shu bois uning Qadim zotda bo’lishi mumkin emas. Nass esa «istivo» so’zi mukammallik uchun zikr qilindi deb ehtimol qilinadi. Alloh taolo aytdi: «Qachonki voyaga yetib, kamol topganida...» (Qasos surasi, 14). Istilo (egallash) so’zi esa xuddi, falonchi bundoq shaharni egalladi degan gapga o’xshaydi.

 

62. Ibn Manzur nomi bilan mashhur lug’at olimi Muhammad ibn Mukarram Ifriqiy Misriy rahmatullohi alayhi (711-hijriy sanada vafot etganlar) «Lisonul-arab» nomli kitobida shunday yozadilar:

وفي الآية استوى بمعنى استولى وظهر

Oyatdagi «istivo qildi» degan so’z egalladi va ustun bo’ldi degan ma’nodadir.

 

63.  Sunniy ulamolar ijmo’ qilgan ko’pgina masalalarda xilof qilgani bilan mashhur Ahmad ibn Taymiya rahmatullohi alayhi (728-hijriy sanada vafot etganlar) «istivo» masalasida jamoat e’tiqodini qabul qilganini (ash’ariy mazhabiga o’tganini) e’lon qilib, jumladan shunday deydilar:

أنا الأشعري... والذي أعتقده من قوله تعالى: «الرحمن على العرش استوى» أنه على ما قاله الجماعة أنه ليس على حقيقته وظاهره ولا أعلم كنه المراد منه بل لا يعلم ذلك إلا الله تعالى... كتبه أحمد ابن تيمية

Men Ash’ariyman!... Va Alloh taoloning: «Rahmon Arshga istivo qildi» oyati haqida shunday e’tiqod qilaman: Albatta u jamoat aytgan ma’nodadir, u haqiqati va zohiridagi ma’noda emas. Men undan iroda qilingan narsaning asl mohiyatini bilmayman, balki uni faqat Alloh taologina biladi... Ushbularni Ahmad ibn Taymiya yozdi («Fathul-Boriy sharhu sahihil-Buxoriy» asarini yozgan taniqli muhaddis Ibn Hajar Asqaloniy «Ad-durarul kamina fiy a’yanil-miatis samina» kitobida Qozi Nuvayriydan naql qilib keltirgan).

 

64. Shayx Ahmad ibn yahyo ibn Ismoil ibn Jabhal Halabiy Shofeiy rahmatullohi alayhi (733-hijriy sanada vafot etganlar) Ahmad ibn Taymiyaga yozgan raddiya maktubida «istivo»  oyati haqida shunday deganlar:

والاستواء بمعنى الاستيلاء

Istivo – egallash ma’nosidadir (Subkiy «Tabaqot»da keltirgan).

 

65. Badriddin ibn Jamoa nomi bilan mashhur alloma Qozi Muhammad ibn Ibrohim Shofeiy rahmatullohi alayhi (733-hijriy sanada vafot etganlar) o’zlarining «Iyzohud-dalil» kitobida aytadilar:

يتعين فيه معنى الاستيلاء والقهر لا القعود والاستقرار...  والمراد بهذا الاستيلاء القدرة التامة الخالية من معارض وليس لفظة هنا – ثم – هنا لترتيب ذلك بل هي من باب ترتيب الأخبار وعطف بعضها على بعض

Istivo so’zida o’tirish va qaroro toppish emas, egallash va hukmronlik ma’nosi ta’yin topadi... Ushbu egallashdan murod ziddiyatdan xoli, mukammal qudratdir. Bu yerdagi «so’ngra» degan lafz ushbu ishning tartibi uchun emas, balki xabarlar ketma-ketligi tartibi bobidan bo’lib, ba’zisini ba’zisiga bog’lovchidir.

 

66. Hofiz Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon ibn Qoymoz Zahabiy rahmatullohi alayhi (748-hijriy sanada vafot etganlar) aytgan quyidagi gaplari «Al-bayon fiy sharhi sifotir-Rahmon»da naql qilib keltirilgan:

لا يمكن أن يكون الله تعالى جالس في العرش لأن كل من كان حاملا للعرش كان حاملا لكل ما كان في العرش فلو كان الإله على العرش لزم أن كون الملائكة حاملين لله تعالى وذلك محال

Alloh taolo Arshda o’tirgan bo’lishi mumkin emas. Chunki Arshni ko’tarib turgan zotlarning barchasi Arshdagi barcha narsalarni ham ko’tarib turgan bo’ladi. Agar Iloh Arshning ustida bo’lsa, farishtalar Alloh taoloni ko’tarib turgan bo’lishi lozim bo’lib qoladi. Bu esa maholdir.

 

67. Qozi Abdurrahmon ibn Ahmad Iyjiy rahmatullohi alayhi (756-hijriy sanada vafot etganlar) o’zlarining «Al-mavoqif» kitobida istivo haqida shunday deydilar:

فقال الأكثرون هو الاستيلاء ويعود إلى القدرة

Ko’pchilik olimlar aytishadiki: istivo egallash degani bo’lib, qudrat ma’nosiga qaytadi.

 

68. Imom va faqih alloma Taqiyyudin Aliy ibn Abdulkofiy Subkiy Shofeiy rahmatullohi alayhi (756-hijriy sanada vafot etganlar) «As-sayfus saqiyl» kitobida aytadilar:

فالمقدم على هذا التأويل – أي تأويل الاستواء بالاستيلاء – لم يرتكب محذورا ولا وصف الله تعالى بما لا يجوز عليه

Ushbu ta’vilni muqaddam qilish – ya’ni, istivo so’zini rgalladi deb ta’vil qilish qo’rqiladigan jinoyat hisoblanmaydi hamda Alloh taoloni Uning haqida joiz bo’lmaydigan sifat bilan sifatlash ham bo’lmaydi.

 

69. Ibnus Siroj nomi bilan mashhur alloma Qozi Mahmud ibn Ahmad Quvnaviy Hanafiy rahmatullohi alayhi (770-hijriy sanada vafot etganlar) «Al-qaloid» kitobida aytadilar:

لا بد أن يفهم منه القهر والاستيلاء إذ هو أشرف معاني الاستواء  فإذا تمدح به من هو المنزه عن المكان والجهات فأولى أن يفهم منه ما يليق به من الصفات

Istivoni egallash va hukmron bo’lish deb tushinish lozim. Chunki u istivoning ma’nolarining eng ulug’idir. Qachonki Allohni Uning makon va taraflardan pokligi uchun maqtasang, ushbu gapdan sifatlar ichida Allohga loiq bo’lganini tushunish avlodir.

 

70. Abu Hafs Sirojiddin Umar ibn Is’hoq G’aznaviy Hindiy rahmatullohi alayhi (773-hijriy sanada vafot etganlar) «Sharhu aqidatit-tahoviyya» kitobida aytganlar:

الزمان والمكان من خلق الله تعالى فالله سبحانه لا يوصف بهما وإلا لزم قدم الزمان والمكان أو أن تكون ذاته تعالى محلا للحوادث وكلاهما محال فالحاصل أنه سبحانه متعال عن الزمان والمكان والله كان ولا شيء معه وهو الآن على ما عليه كان

Zamon va makon Alloh taoloning yaratgan narsalaridandir. Alloh subhanahuv ular bilan sifatlanmaydi. Yo’qsa zamon va makon qadim bo’lishi kerak bo’lib qoladi yoki Alloh taoloning zoti yangiliklarga joy bo’lib qoladi. Bular esa ehtimoldan uzoqdir. Xulosa shuki, Alloh subhanahuv zamon va makondan oliydir. Alloh bo’lgan, u bilan esa birorta ham narsa bo’lmagan. U hozir ham oldin qanday bo’lsa shundaydir.

 

71. Mashhur mufassir alloma Imoduddin Abul-Fido Ismoil ibn Kasir Dimashqiy rahmatullohi alayhi (774-hijriy sanada vafot etganlar) o’zining «Tafsirul-Qur’onil ‘Aziym» kitobida «istivo» oyatini tafsir qilib shunday deganlar:

وإنما يسلك في هذا المقام مذهب السلف الصالح: مالك والأؤزاعي والثوري والليث ابن سعد والشافعي وأحمد ابن حنبل وإسحاق ابن راهويه وغيرهم من أئمة المسلمين قديما وحديثا وهو إمرارها كما جاءت من غير تكييف ولا تشبيه ولا تعطيل والظاهر المتبادر إلى أذهان المشبهين منفي عن الله فإن الله لا يشبهه شيء من خلقه و ليس كمثله شيئ وهو السميع البصير(سورة الشورى – 11)

Bu maqomda Molik, Avzo’iy, Savriy, Lays ibn Sa’d, Shofе’iy, Ahmad ibn Hanbal, Ishoq ibn Rohvayh kabi salafi solihlarning hamda boshqa-da, musulmonlarning avvalda-yu yaqinda o’tgan imomlarining yo’li tutiladi. Ya’ni, oyatda qanday kеlgan bo’lsa, qandayliksiz, o’xshatishsiz va inkor qilishsiz tushuniladi. Tashbeh qiluvchilarning miyalariga kelgan zohir ko’rinishlar Alloh taolodan inkor etiladi. Chunki Alloh – O’zi yaratgan narsalarining hech biri U zotga o’xshamaydi. «Hech bir narsa Uning misli kabi emas. U o’ta eshituvchi, o’ta ko’rguvchi Zotdir» (Shuro surasi, 11-oyat).

 

72. Alloma Akmaliddin Muhammad ibn Muhammad Bobartiy Hanafiy rahmatullohi alayhi (786-hijriy sanada vafot etganlar) imom Abu Hanifa rahimahullohning «Vasiyyat» risolasiga yozgan sharhida istivo so’zining ko’plab ma’nolarini zikr qiling, so’ngra aytadilar:

على أن الترجيح للاستيلاء لأنه تعالى تمدح به والاستواء للمدح فيما بينهم يفهم منه الاستيلاء وتخصيصه باعتبتر أعظم المخلوقات

Tarjih qilingan ma’no egallashdir. Chunki Alloh taolo O’zini maqtagan. Istivo esa ma’nolar ichida maqtash uchun bo’lib, undan egallash ma’nosi tushuniladi. Arshni xoslash esa yaratilmish narsalarning eng ulug’I bo’lgani uchundir.

 

73. Alloma Sa’duddin Taftazoniy rahmatullohi alayhi (792-hijriy sanada vafot etganlar) o’zlarining mashhur «Sharhul-aqoidin Nasafiyya» nomli, aqoid ilmi ulamolari nazdida juda mo’’tabar hisoblangan asarida, jumladan quyidagilarni aytganlar:

ولا يتمكن في مكان لأن التمكن عبارة عن نفوذ بعد في بعد آخر متحقق أو متوهم يسمونه المكان والبعد عبارة عن امتداد قائم بالجسم (وهو العرض) أو بنفسه (وهو الجوهر) عند القائلين بوجود الخلاء والله تعالى منزه عن الامتداد والمقدار لاستلزامه التجزئ

Alloh biror makonga joylashmaydi. Chunki makonga joylashish bir o’lchamdan boshqa o’lchamga o’tishdan iborat, makon deya nomlanuvchi haqiqat yoki hayoliy narsadir. O’lcham esa bo’shliqni mavjud deydiganlar nazdida jisman (u arazdir) yoki mohiyatan (u javhardir) mavjud narsaning kattalashishidir. Alloh taolo kattalashish va miqdordan butkul pokdir. Chunki u (kattalashish va miqdor) bo’laklarga bo’linishni ham talab qiladi.

وإذا لم يكن في مكان لم يكن في جهة لا علو ولا سفل ولا غيرهما لأنها إما حدود وأطراف للأمكنة أو نفس الأمكنة باعتبار عروض الإضافة إلى شيئ

Va agar Alloh makonda bo’lmasa, biror tarafda ham bo’lmaydi, na tepada, na pastda va na boshqasida. Chunki taraf, biror narsaga nisbat berishni ifodalashi e’tiboridan yo makonlarning chegaralari va yon-atrofi, yoki makonlarning o’zidir.

 

74. Alloma Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Xaldun Ishbiliy rahmatullohi alayhi (808-hijriy sanada vafot etganlar) aytganlar:

آية الاستواء لا تدل على أن الله مستقر على العرش أو متمكن فيه ولا تدل على أنه فوق السماء بذاته لأن هؤلاء المعاني كلهم تشبيه

Istivo oyati Allohning Arsh ustida yoki undan boshqa joyda qaror topganiga ham, yoki Arshda makon tutganiga ham dalolat qilmaydi. Shuningdek, bu oyat Allohning Zoti bilan osmon ustida ekaniga ham dalolat qilmaydi. Chunki ushbu ma’nolarning barchasi tashbehdir (Hishom Misriyning «Idrokul-ahvol ‘ala arjahil-aqvol» kitobida naql qilib keltirilgan).

 

75. Alloma Majduddin Muhammad ibn Ya’qub Feruzobodiy rahmatullohi alayhi (817-hijriy sanada vafot etganlar) o’zlarining «Basoir zavit-tamyiz» kitobida aytadilar:

الاستواء بمعنى القهر والقدرة

Istivo so’zi hukmronlik va qudrat ma’nosidadir.

 

76. Shayx Izzuddin Muhammad ibn Abu Bakr ibn Jamoa Shofeiy rahmatullohi alayhi (819-hijriy sanada vafot etganlar) «Darjul-maoliy sharhu bad’il-amoliy» kitobida aytadilar:

مذهب أهل الحق أن الله تعالى ليس في جهة ولا مكان وفي قوله تعالى: الرحمن على العرش استوى (سورة طه – 5) المراد منه استولى

Haqq ahlining mazhabi shuki, Alloh taolo biror makonda ham, tarafda ham emas. Alloh taoloning kalomidagi «Rahmon Arshga istivo qildi» («Toho» surasi, 5-oyat) oyatidan murod esa egalladi deganidir.

 

77. Ibn Humom nomi bilan mashhur alloma Kamoliddin Muhammad ibn Abdulvohid Hanafiy rahmatullohi alayhi (861-hijriy sanada vafot etganlar) «Al-musoyara» kitobida aytadilar:

أما كون المراد أن الاستواء استيلاؤه على العرش فأمر جائز الإرادة

Ammo istivodan Allohning Arshni egallagani iroda qilingan bo’lishi iroda joiz sanaydigan ishdir.

 

davomi bor......

Muallif: Nuriddinov Yo‘ldoshbek Ibrohim o‘g‘li.

ЎХШАШ МАЪЛУМОТЛАР

Жинлардан шумланиш
Жинлардан шумланиш
Жаннат хабари берилган аёл
Жаннат хабари берилган аёл
Динимизда Сафар ойидан шумланиш йўқ
Динимизда Сафар ойидан шумланиш йўқ